Mikluxo-Maklay Nikolay Nikolaevich

Mikluxo-Maklay Nikolay Nikolaevich [1846.5.(17).7, Rojdestvenskoe selosi, Novgorod viloyati — 1888.2(14).4, Peterburg] — rus sayyohi, antropolog va etnograf. Evropa un-tlarida o’qigan. 1866-67 y.larda Kanar o.lari va Ma- rokashga sayohat qilgan. Dastlabki i.t. ishlari dengiz hayvonlarini o’rganishga bag’ishlangan. Malay arxipelagi, malak- ka ya.o., Okeaniya o.lari va Avstrali-yaga qilgan sayohatlarida o’sha joylarning relefi, meteorologiyasi, dengizlarini tavsiflagan. Jan,-Sharqiy Osiyo, Av- straliya, tinch oke-andagi o.larda yashovchi tub joy aholisining madaniyati, turmu- shi, antropologiyasi va etnografiyasi- ni o’rgangan. Bir necha yil yangi Gvineya o. sohilida va Avstrali-yaning Sidney sh.da yashab i.t. ishlari olib borgan. 1886 y. Avstraliyadan Rossiyaga qaytgan. M.-M. antropologiya va etnografiya tadqiqotlariga asoslanib, inson zoti- ning birligi va odam irqlarining o’zaro qardosh ekanligi g’oyasini ilgari sur- Di. U o’sha vaqtda yangi Gvineya aholisi (papuaslar)ning boshqa irqlardan farq qiladi degan qarashni inkor etdi. M.-M. ning sayohat kundaligi 1923 y. nashr etilgan. M.-M. nomi 1947 y. Rossiya FA Etnografiya in-tiga berilgan. Ad.: Sobr. soch., t. 1-5, M.-L., 1950- 1954.