Me’yor

Me’yor (falsafada) — ob’ektning sifati b-n miqdorm o’rtasidagi dia- lektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday ob’ektning sifati muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyat- lari, tomonlari, belgilari, komponent- lari, soni va h. k.) b-n uzviy bog’liq. M. doirasida mikdor xususiyatlari element- lar soni, o’lchami, bog’lanish tartibi, harakat tezligi va sh. k.ning o’zgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. M. ob’ektning miqdor o’zgarishi, o’z na- vbatida, sifat o’zgarishiga olib kela- digan (va aksincha) chegarani bildiradi. M. tushunchasi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega: faoliyatning har qanday shaklida M. bo’lishi muvaffaqiyat garo- vidir. Predmetni uning sifat va mik- dor xususiyatini anikdamasdan turib bilish mumkin emas.