Mebel sanoati

Mebel sanoati — yogocheozlik sanoatining etakchi tarmog’i. Xonadon- lar va jamoat binolari uchun mebel ishlab chiqaradi. O’zbekistonda mebel sanoat usulida ishlab chikarila bosh-. lagunga qadar uy-ro’zg’or buyumlari (xon- taxta, kursi, jovon, sandiq va b.) kustar va yarim kustar korxonalarda tayyorlan- gan. M.s.ning dastlabki mahsulotlari — turar joy va jamoat bi-nolari uchun mebel i.ch. 1922 y.dan boshlandi. Uy- ro’zg’or va jamoat ehtiyojlari uchun me- bellar i.ch. urushdan keyingi yshtlarda birmuncha rivoj topdi. 50-y.lar oxi- rida respublikada turli vazirlik va idoralar ixtierida bo’lgan 3 f-ka, bir necha tsexlar ishladi. Hunarmandchilik artellari va yirik mebel tsexlari ne- gizida Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon sh.larida mebel f-kalari barpo qilindi. 1977 y. O’zbekiston me- bel va yog’ochsozlik sanoati vazirligi tashkil etildi. 1988 y. respublikadagi barcha M.s. korxonalarini boshqaradigan «O’zbekmebel» birlashmasi tashkil etildi. 1991 y. shu birlashma negizi- da «O’zbekmebel» ijara korxonalari uyushmasi tuzidtsi. 1993 y. yanv.da uyushma «O’zbekmebel» davlat-aktsiyadorlik kom- paniyasiga aylantirildi. Tarmoqdagi eng yirik korxonalar: «Toshkent» mebel birlashmasi, «Mirobod» birlashmasi (1953), Samarqand mebel birlashmasi (1954), «Namangan» mebel birlashmasi (1956), «mebel» birlashmasi (1959), «Farg’ona mebel» birlashmasi (1960), Olmaliq mebel k-ti (1961), «Yangiyo’l- mebel» shirkati (1963), Quva mebel k-ti (1967), Sergeli mebel birlashmasi (1974), Olmazor yumshoq mebellar f-kasi (1989), Andijon mebel k-ti (1991 y. qayta qurilgan). 1994 y.da Jizzax va Rishton mebel f-kalari ishga tushiril- Di. Tarmoqni rivojlantirish korxona- larni zamonaviy uskunalar b-n qayta jihozlash va raqobatbardosh mahsulotlar i.ch., korxonalarning eksport imkoniyat- larini oshirish, xorijiy firmalar b-n qo’shma korxonalar tashkil etish hamda iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish yo’nalishlarida olib borilmoqda. «Evroo’z» O’zbekiston — Germaniya qo’shma korxonasi tashkil etildi (1993, apr.). O’zbekistonda tayyorlangan mebel- lar eksporti yo’lga qo’yildi. M.s. har xil mebel yig’malari (mehmonxona, oshxona, kabinet, yotoqxonalar mebellari, maktab, tib- biyot, lab. mebellari), milliy mebel (xontaxta, sandiq va b.) namunalarini, hashamatli mebellar yig’malarini i.ch.ni o’zlashtirgan (q. «Fayz» xolding kompa- niyasi).