Kareliya, Kareliya Respublikasi
Kareliya, Kareliya Respublikasi — Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Rossiyaning shim.-g’arbida joylashgan. Mayd. 172,4 ming km2. Aholisi 771,1 ming kishi (1999). 16 tu- man, 13 shahar, 44 shaxarcha bor. Poytaxti — Petrozavodsk sh. Davlat tuzumi. K. — respublika. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Respublika palatasi va Vakillar pala- tasi)dan iborat qonun chiqaruvchi maj-lis (parlament). Ijroiya xrkimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. hududi aksari past- baland (eng baland joyi 578 m) te- kislikdir. Relefida muzlik izlari qolgan. K.ning Finlyandiyaga yondosh qismi sertepa. Oq dengiz, Onega va Lado- ga ko’llari sohili pasttekislik. Har xil qurilish materiallari (granit, diabaz, marmar va h.k.), pegmatit, slyuda, temir va titan rudasi konlari bor. Iqlimi kontinental va dengiz iqlimi. Qishi yumshoq (Fev.da -8° dan -12° gacha), yozi salqin (iyulda 14°-16°) va qisqa, havo namligi nisbatan yuqori. Yillik o’rtacha yog’in 400-600 mm. K.da botqoqlik va ko’l (61 ming ta) ko’p; eng yiriklari: La- doga va Onega ko’llari. Daryolari qisqa, sersuv, serostona, sharshara ko’p. Vodla, Kem, Vig va b. yirik daryolarida yog’och oqiziladi. Ba’zi daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. K. hududining 18% ko’llar, yarmidan ko’pi o’rmon, 18% botqoqlik. Tuproqlari, asosan, pod- zol, botqoq-podzol va botqokli tuproq. K.da oq tovushqon, suv qunduzi, ondatra, qo’ng’ir ayiq, shim. bug’usi, Los, Grenlan- diya tyuleni va turli xil baliqlar bor. Kivach, Kostamuksha qo’riqxonalari, “Pa- anayarvi” milliy bog’i mavjud. Aholisi. Tub joy aholisi karellar; rus, Belorus, ukrain, fin, Veps va b. ham yashaydi. Aholining 74% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tillari — rus, fin, Karel tillari. Dindorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Petrozavodsk, Kondopoga, Segeja, Ko- stomuksha va b. Tarixi. K. hududida odamlar mezolit davridan yashay boshlaganlar. Ular baliq ovlash, ovchilik b-n shug’ullangan. Mil. 1-ming yillik oxirida K. bo’yni va La- doga ko’lining shim.da karellar, Ladoga va Onega ko’llari oralig’ida vepslar, shim.roqda saamlar yashagan. K.ga mil. 2-ming yillik boshlarida slavyanlar kelib, dehqonchilik, tuz olish ishlari va baliq ovlash b-n shug’ullana boshla- Di. K. hududi 9-a.dan 12-a. boshlarigacha Qad. Rus davlati, keyinroq Novgorod qo’l ostida bo’ldi. 13-a.da K.ning bir qismi shved- lar tasarrufiga o’tdi va ular Viborg qal’asini qurdi. Shim. urush (1700-21) dan keyin bu hudud Rossiyaga qarashli bo’ldi. 18-a. boshlarida K.da bir necha me- tallurgiya z-dlari qurildi va ular Ros- siya qo’shinlarini zambaraklar b-n ta’- minlab turdi. 18-a.da dehqonlarning qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi, lekin ularni podsho Rossiyasi shavqatsiz bostirdi. Krepostnoy huquq bekor qilingach (1861), sanoat, asosan, taxta tilish z-dlari bar- po etildi. 1917 y. noyab. — 1918 y. apr. da K.da sho’ro hokimiyati o’rnatildi. 1920 y. 8 iyunda RSFSR tarkibida K. mehnat kommunasi tashkil etildi, 1923 y.da u Muxtor respublikaga aylantirildi. 1940 y.dan 1956 y.gacha ittifoqdosh re- spublika maqomida bo’ldi va Karel-Fin sho’ro Respublikasi, 1956— 90 y.larda K. Muxtor Respublikasi deb ataldi. 1991 y. noyab. dan K. Respublikasi. Xo’jaligi. K. sanoatida o’rmon, yog’ochsozlik va tsellyuloza-qog’oz tarmo- klari etakchi o’rinda. Shu tarmoklar- ning korxonalarida taxta tilinadi, faner, yig’ma uylar, chang’i, yog’och tolali plita, tsellyuloza, karton, qog’oz ish- lab chiqariladi. Mashinasozlik va me- tallsozlikda yog’och sudrash traktorlari, tsellyuloza-qog’oz va kimyo sanoati uchun mashina-uskunalar, yog’ochsozlik stano- klari, kemalar, priborlar va b. ishlab chikarish rivojlangan. Rangli Metallur- giya Nadvoisk alyuminiy z-didan iborat. Qurilish ashyolari va b. mineral xom ashyo negizida konchilik sanoati yuzaga kelgan. Kostomuksha temir ruda konida metal boyitish k-ti barpo etilgan. Oziq-ovqat sanoatida baliq, go’sht-sut, novvoylik va b. tarmoqlar, engil sanoatda triko- taj, tikuvchilik va poyabzal tarmoqlari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivoj- langan. Energetika xo’jaligining aso- sini GESlar va Petrozavodsk issiqlik elektr st-yasi tashkil etadi. Bir yilda o’rtacha 5 mlrd. kVt-soatga yaqin elektr energiya hosil kilinadi. Q.x., asosan, sut chorvachiligi, parran- dachilik va kartoshka etishtirish, sabza- votchilikka ixtisoslashgan. Baliqchilik, mo’ynabop darrandachilik rivojlangan. T. y. uzunligi 2 ming km dan oshadi, Avto- mobil yo’llari uz. 7,5 ming km ga yaqin. Eng muhim suv yo’llari: oq dengiz, Onega va Ladoga ko’llari, oq dengiz — Boltiq kanali. Avtomobil va aviasiya trans- portidan ham foydalaniladi. Sayyohlik rivojlangan (Valaam, Kiji va b. Orol- lar). Tibbiy xizmat. 4 mingdan ortiq vrach, 10 mingdan ko’proq o’rta tibbiyot Xodi- mi aholiga xizmat ko’rsatadi. Vrachlar Petrozavodsk un-tining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Marsial suvlari, sorta- vala kurorti, ko’pgina sanatoriy va dam olish uylari bor. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va il- miy muassasalari. K.dagi 336 kunduzgi umumiy ta’lim maktabida 117 ming, 16 o’rta maxsus o’quv yurtida 12 ming o’quvchi, 3 oliy o’quv yurti (Petrozavodsk un-ti, ped. in-ti, konservatoriya)da qariyb 10 ming talaba ta’lim oladi. K.da o’rmon sanoati i.t. in-ti, shim. baliq xo’jaligi i. t. inti va b. ilmiy muassasalar, 4 Pro- fessional teatr, 10 xalq teatri, 7 muzey, jum-ladan, Kiji muzey-qo’riqxonasi bor. Karel, fin va rus tillarida gaz. xamda jurlar nashr etiladi. Radio- eshittirish va teleko’rsatuvlar yo’lga qo’yilgan. Adabiyoti. Kad. epik qo’shiklar aso- sida yaratilgan Karel va fin xalklari- ning eposi — “Kalevala” jahon adabi- yoti durdonalaridan hisoblanadi. Yozma adabiyoti 20-a. boshlarida paydo bo’lib rivojlandi. 1934 y. Yozuvchilar uyushma- si tuzildi, 30-y.lar adabiyotida X. Tix- li dilogiyasi, E. Parras romani dunyo yuzini ko’rdi, lirik she’rlar, ocherk va hikoyalarda o’lka xalqlarining hayoti aks ettirildi. Rus va fin tillarida adabiy jur.lar chika boshladi. Ko’plab yozuvchilar urush mavzuida asarlar ezdi. Urushdan so’ng K. adabiyotiga yozuvchilarning yosh AV- Lodi kirib keldi. A. Timonen, F. Tro- fimov va b.ning asarlari nashr etildi. K.da folklorshunoslik, adabiyotshunos- lik va tarjimachilik rivojlangan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Oq dengiz, Onega ko’li sohillaridagi qoyalarda neolit davri va jez asriga oid odam, hayvon va ov manzaralari tasvir- lari topilgan. K.da o’rmon ko’pligi yog’och me’morligining tez rivojlanishiga im- kon berdi. Ayniqsa, tomi ikki nishabli chorsi yog’och uylar, tomi to’rt nishabli ibodatxonalar ko’p uchraydi. 17-a. 2-yar- mida gumbazli, qubbali binolar kurila boshladi. Binolar K.ning shim.da sodda, bezaksiz, Jan. va Jan.-g’arbida sernaqsh, ko’rimli ishlangan. 18-a.da dastlab Pe- trozavodskda barokko, so’ngra klassi- tsizm uslubida 8 binoli aylana maydon (me’mori E. S. Nazarov va b.) yaratildi. 20-a. 40-50-y.lar me’morligida order- lik elementlari qo’llandi (mas, aloqa uyi, rus musiqali drama teatri — me’- Mori S. G. Brodskiy va b.), shuningdek, xalq yog’och me’morligi asosida Petroza- vodskda yozgi kinoteatr qurildi. Keyin- gi yillarda ko’pgina ma’muriy, sanoat va jamoat binolari, uy-joylar zamona- viy uslubda barpo etildi. Professional tasviriy san’atning paydo bo’lishida rassom V. N. Popo- Vning qissasi katta. 20-a.ning 2-yarmida ko’pgina manzara asar (S. X. Yuntunen), portret (g. A. Stronk) va natyurmort- lar (L. F. Lankinen, M. Sh. Yufa va b.) yaratildi; grafika, kitob bezagi ravnaq topib, milliy linogravyura va ofort- lar yuzaga keldi. Xalq san’atida yog’och o’ymakorligi, butxona, uy peshtoklariga naqsh, mebel va idishlarga nafis gular solish xamda kashtado’zlik alohida o’rin tutadi. Musiqa san’ati xalq an’analari asosida va qo’shni xalqlar musiqasi ta’- sirida rivojlanib keldi. K.da kantele (chertib chalinadigan), youxikko, virsi- kannel (kamonli), shuningdek, qayin po’stlog’idan yasalgan cho’pon surnayi kabi xalq sozlari tarqalgan. 19-a.da Runa ij-rochilaridan A. Pertunen b-n uning o’g’li Miyxkali, A. Malinen kabilar Shuhrat qozongan. 20-a. 1-yarmida xalq qo’shiqlari to’plamlari, professional musiqa ma- daniyatining dastlabki asarlari nashr etildi. G. R. Sinisalo Karel simfoniyasi va milliy baletining, R. S. Pergament milliy komik operasining dastlabki mualliflaridir. K. musiqa teatri, dra- ma teatri, simfonik orkestr, “Kantele” ashula va rake ansambli, filarmoniya, musiqa bilim yurti, musika maktablari mavjud. Kompozitorlardan K. Rautio, S. Leonchik, G. Vavilov, qo’shiqchilardan S. Rikka, I. Gridchina, 3. Petchenko, diri- jer I. Sherman va b. mashhur.