ZAMSHA

ZAMSHA (nemischa Samisch Leder) — qo’y, bug’u va tog’ echkisi terisidan formaldegid moy bilan oshlab tayyorlanadigan charm. Mayin va yumshoq bo’ladi, suv o’tkazmaydi. Turli rangga bo’yash mumkin. Bo’yalmagani och sariq rangda. Zamsha serkovak va yengil bo’lib, poyabzal, qo’lqop va boshqa tayyorlashda, benzinni tozalashda, optik shishalarni artish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. To’qima Zamsha ham bor. U atlasga o’xshab to’qilgan movut. Undan sport kiyimboshlari, kurtka va b. tikiladi. Sun’iy Zamsha zamshga o’xshash tukni matoga rezina yelimi bilan shimdirib yoki matoga rezina yelimi surkalib, ustiga maydalangan ipgazlama tolalari sepilib tayyorlanadi. Sun’iy Zamsha dan poyabzal va attorlik buyumlari tayyorlanadi.