ZARAFSHON MUZLIGI

ZARAFSHON MUZLIGI – Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari birbiri bilan qo’shilgan joydagi muzlik. Mastchoh tog’ tugunida joylashgan. Uzunligi 27,8 kilometr, eng keng joyi 2 kilometr, maydoni. 43 kilometr kvadrat (irmoqlari bilan birga 132,6 kilometr kvadrat), o’rtacha qalinligi 200 metr. Muzlikning 24 kilometr kvadrat qismi morena bilan qoplangan. Zarafshon muzligining umumiy hajmi 14,9 kilometr kuv. Boshlanish joyining balandligi 4900 metr, quyi chegarasining balandligi esa 2772 metr. 30 dan ortiq irmog’i bor. Eng yiriklari: Tolstoy muzligi (uzunligi 12 kilometr maydoni 19 kilometr kvadrat), Faraxnov (uzunligi 14,4 kilometr, maydoni 14 kilometr kvadrat), Miramin (uzunligi 7 kilometr, maydoni 10 kilometr kvadrat) va Skachkov (uzunligi 6,5 kilometr maydoni 9 kilometr kvadrat) muzliklaridir. Zarafshon muzligining suv zaxirasi (irmoqdari bilan) qariyb 19 milliard metr kub. Muzlik uchi ancha pastga tushib kelganidan yozda ko’p eriydi. Ad.: Krupneyshie ledniki Sredney Azii — ledniki Fedchenko i Zarafshanskiy [rezultati meteorologicheskix i gidrologicheskix issledovaniy], L., 1967; Kreyter A. A., Nasirov M. A. i dr., Sovremennoe oledenenie v basseyne reki Zarafshan, T., 1972; Shuls V. L., Mashrapov R., O’rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969.