Suv aylanishi
Suv aylanishi, namlik aylani- shi — suvning er geografik qobig’ida uz- luksiz ko’chish jarayoni. Ko’pincha, uning fazoviy o’zgarishlari bilan birga kuza- tiladi. Asosan, suvning bug’lanishi (ra- emga q.), suv bugining masofaga ko’chishi (8), uning kondensasiyalanishi, bulut- larning yog’in shaklida tushishi (2, 3), tushgan yog’in suvining erdan sizib o’tishi (5) — infiltrasiyasi va suvning oqib tushishidan (6, 7) tarkib topgan. Suv havza, tuproq va o’simliklar yuzasidan bug’lanib atmosferaga suv bug’i shaklida ko’tariladi. Atmosferada suv bug’i tur- bulentli diffuziya vositasida yuqoriga tarqaladi va havo oqimi yordamida er ustining bir joyidan boshqa joylari- ga ko’chadi. Nam havo t-rasining pasayi- shi natijasida suv bug’i ham adiabatic (q. Adiabatik jarayon), ham issiklikni qaytarishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga o’tib kondensasiyalanadi; budut va tumanlar hosil bo’ladi. Suv bug’ining kondensasiyalanishi qisman er usti gi- drometeorlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Shuningdek, bulutlar havo oqimlari orqali ham ko’chiriladi. Suv Er yuzasiga bulutlardan yog’in shakli- da tushib yana bug’lanadi va h.k. Bunda quruqgtikxa tushgan suvning bir qismi havzalarga oqib tushadi. Issiqlikning aylanishi va atmosferaning umumiy tsir- kulyasiyasi bilan birga S.a. asosiy iqlim hosil qiluvchi jarayonlardan biridir. Er yuzidan suvning umumiy mikdori hoz. geologik va tarixiy davrda o’zgarmay qoladi; bunda dunyo okeanining sathi va atmosferaning o’rtacha nam saklashi ham o’zgarmaydi. Bu, demak, butun er shari uchun uzoq davr davomidagi yog’inlar bug’lanishiga tengdir. Erga bir yilda o’rtacha tushadigan yog’in miqdori qatlami bal. 1000 mm, ya’ni 511 ming km3 ga teng (taxm. Qora dengizdagi suv miqdoridan 7 marta ziyod). Bu miqdorning 21% (108 ming km3) quruqlikka tushadi va 79% (403 ming km3) okeanlarga yog’adi. Barcha yog’inlarning deyarli yarmisi shu kabining 20° va j.k.ning 20° orasida tushadi. Ik- kita qutbiy zonalarga jami yog’inning atigi 4% to’g’ri keladi. Dunyo okeani uchun bug’lanish yog’inlar miqdoridan ko’p, quruqlik uchun esa — kam. Dunyo okeani yuzasidan yiliga o’rtacha 1250 mm (450 ming km3) qalinlikdagi suv qatlami bug’lanadi, shundan 1120 mm okeanga yog’in shaklida qaytib keladi va 130 mm — quruqlikdan oqib tushadi. Yiliga quruqlik yuzasidan o’rtacha 410 mm (61 ming km3) suv qatlami bug’lanadi, yog’in esa quruqlikka 720 mm miqdorda tusha- Di. Bug’lanishdan tashqari quruklik oqib tushish orqali 310 mm (47 ming km3) suv yo’qotadi (bu esa qora dengizdagi suv- ning miqdoridan ‘G’2 marta ko’proq). Er- ning ayrim mintaqa va oblastlari uchun S.a. tarkibini tashkil etuvchilarning nisbati o’rtacha sharoitlardan keskin farklanishi mumkin. Yog’inlarning umu- miy mikdori bug’lanishdan ancha ko’p yoki kam bo’lgan oblastlar mavjud. Okeanlar yuzasidan bug’langan suv yog’in shaklida nafaqat okeanlarga, balki suv bug’i havo oqimi bilan ko’chirilgan materik usti- ga ham tushadi. Quruklikka suv shakli- da yog’adigan yog’inlar asosiy qismining kelib chiqishi okean bilan bog’liq. Quruqlikka yog’ib va yana bug’lanib, ushbu suv takroran shu materik yoki materik ob- lastiga yog’ishi mumkin (ichki S.a.). Ichki S. a. barcha yog’inlar miqdorining ayrim qismini tashkil qiladi. Tohir Muxtorov.