Subhonqulixon
Subhonqulixon (1625 Buxoro 1702.14.9) — Buxoro xoni (1680-1702), Balx hokimi (1651-80), ashtarxoniy- lardan. Hadp Muhammadxonning o’g’li. Nadr Muhammadxon Buxoro xoni bo’lgach, o’g’li S.ni Soli saroy shahri, so’ngra Balx viloyati xrkimi qilib tayin- laydi (1642). Ko’p o’tmay u bu lavozim- dan olinib, Kyahmerdga hokim bo’lgan. S.ning katta akasi Abdulazizxon ot- asini hokimiyatdan chetlashtirib, bu- xoro xoni bo’lgach, S. Balxga — otasi huzuriga yo’l olgan. S. Balx viloyatida mustahkam o’rnashib olib, Balx va ba- daxshon hokimligini qo’lga kiritgan (1651). S. Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658 y.da Abdulazizxonning piri Abdulg’afforxo’ja vositachiligi- da Buxoro va Balx o’rtasida tinchlikka erishilib, S. akasining hokimiyatini rasmiy tan olgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, 1680 y. 2 Fev. da keksayib qolgan Abdulazizxon S.ga Buxoro xonligi taxtini topshirib, o’zi hajga jo’naydi. S. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun soliqlar miqdorini oshirib, qo’shinni ko’paytirgan. Anusha- xonnnng vorisi arang Muhammadxon 1687 y. Buxoroga bosqin qilganida S. bu hujumni qaytarish bilan cheklan- may, 1688 y.da o’ldirilgan xon o’rniga Xiva taxtiga o’z noibi Amir Niyoz eshik og’aboshi (Shohniyoz)ni o’tqazgan. Shu tariqa Abdullaxon II davridagidek Xiva xonligi yana Buxoroga qo’shib olingan va mintaqada yagona o’zbek davlati qaror topgan. S. davrida Buxoro xonligining Sharq davlatlari bilan diplomatik mu- nosabatlari yaxshilangan. Boburiylar- dan Avrangzeb 1689 y.da Zabardastxon, Usmonli turk sultonlaridan Ag’mad I 1691 y.da Mustafo chovush boshchiligida- gi elchilarni Buxoroga jo’natgan. S. bi- lan Avrangzeb o’rtasida bir necha marta (1671-87) o’zaro maktublar almashilgan. S. tomonidan Balx va Buxoroda ko’plab me’moriy obidalar, jumladan, Balxda Madrasa, Buxoroda dor ushshifo, Regi- stonda katta hovuz; Arkda salomxona va jome masjidi, shuningdek, Aminobod- da chorbog’qurilgan. Bu davrda, ayniqsa, tibbiyot ilmi va adabiyot rivojlangan. Dor ushshifoda bemorlarni davolash bilan bir qatorda ilmiy ishlar ham olib borilgan. S.ning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan Nodir kutubxona- si bo’lgan. U “Ihyo attibbi Subhoniy” (“Subg’oniy tibbiyoti bo’yicha davolash”), “Lubb ullavoyih ulqamar filixtiyorot” (“Baxtli soatni aniqlashda oy manzil- larining mohiyati”) nomli ilmi nu- jumga oid risola yozgan. S. “Nishoniy” taxallusi bilan she’rlar bitib, saroyda o’tkazilgan mushoiralarda o’zi ham she’- rlar aytgan. S. Buxoro yaqinidagi Bahouddin maj- muasidagi Daxmai shohonda (Abdullaxon II qabri yaqinida) dafn etilgan. Manbalar: Mir Muxammad Amini Buxari, Ubaydullaname, T., 1957; Muxam- mad Yusuf Munshi, Mukimxanskaya isto- riya, T., 1956; Xoja Samandar Termiziy, Dastur ulmuluk, T., 1997. Ad.: Istoriya O’zbekistana (XVI—I polovina XIX v.), t. 3, T., 1993. Qahramon Rajabov.