Savdo kapitali

Savdo kapitali — tovar muo- malasi sohasida amal qiluvchi kapital, sanoat kapitalining alohidalashgan qismi. Uning harakat shakli P—T—P’ bo’lib (bunda ppul, Ttovar, P’ortgan pul summasi), tovarlarni sotib olib, qaytadan foydasiga sotishni bid- diradi. S.k. ayirboshlashni kengay- tirib, bir tarmoqning boshqa bir tarmoq mahsulotlariga bo’lgan talabi- ni qondiradi; sotishni, tovarlarning o’tishini ko’paytirish orqali i.ch.ni kengaytiradi va rag’batlantiradi. Tari- Xan S.k. sanoat kapitalidan qadimiyroq bo’lib, sudxo’rlik kapitali b-n bir qatorda erkin harakat qiluvchi kapi- tal shakli bo’lgan. S.k.ning foydasi noekvivalent ayirboshlash va xari- dorlar hisobiga yuzaga keladi. Natu- ral xo’jalikning emirilib, tovarpul munosabatlarining rivojlanishida, kapitalning dastlabki jamg’arilishi jarayonida, kapitalistik i.ch. munosa- batlarining vujudga kelishi va rivoj- lanishida katta rol o’ynadi. Savdo axli va mulkdorlar qo’lida katta miqdorda pulning jamg’arilishi uni yirik ka- pitalistik i.ch. uchun ishlatish imko- niyatini tug’dirdi. S.k. egalari bo’lgan savdogarlarnit katta qismi keyinchalik sanoatchilarga aylandi. S.k. turli tuzum- larda ham tovarlarning “mudrab yotgan negizi”ni rivojlantiradi, ammo Tovar hosil qilmaydi. Hozir S.k. tarkibida qo’shimcha xarajatlarning ulushi tobora ko’payib bormoqda. Bu hol i.ch.ning savdo sohasida davom etayotgan jarayonlari — tovarlarni qadoklash, o’rash, saqlash va tashish singari ishlarga kilinadigan xa- rajatlarning, reklama yo’nalishlaridagi sarflarning ko’payishida ko’rinadi.