Savdo palatasi

Savdo palatasi — iqtisodiyot va savdoni, birinchi navbatda, mamlakat- lar o’rtasida tashqi savdoni rivojlan- tirishga ko’maklashuvchi xalqaro jamo- at yoki davlat tashkiloti. S.p. aksariyat hollarda firmalarning ishbilarmon doiralarini birlashtirishga, savdo aloqalarini o’rnatishga, savdosotiq ishtirokchilariga zarur axborotlarni taqtsim etishga xizmat kiladi. Faoliyati miqyosiga qarab, xalqaro, aralash, mil- liy S.p.lariga bo’linadi. Xalqaro S.p. (XSP) (International Chamber of Commerce, ICC) — jahon ishbilarmon va tadbirkorlar doirala- ri va birlashmalari federasiyasi. 1919 y. Atlantik Siti (AQSh)da o’tkazilgan xalqaro savdo konferentsiyasida tu- zilgan. 1920 y.dan boshlab faoliyat ko’rsatadi. 100 dan ortiq mamlakat mil- liy S.p.larini birlashtiradi. Sobiq SSSRda 1932 y.da tuzilgan Butunittifoq savdo palatasi XSP ga a’zo bo’lgan va 1959 y.da boshqa ittifoqdosh Respu- blikalar kabi O’zbekistonda ham bu Pa- lataning respublika bo’limi tuzilgan (1972-90 y.larda savdosanoat palatasi). XSP xalqaro tijorat faoliyati Stan- dartlarini, xalqaro iqtisodiy siyosat va tajribalar asosida tavsiyalarni ishlab chiqadi, turli mamlakatlar ishbilar- monlarining hamkorligini yo’lga qo’yadi, xalqaro iqtisodiy muammolarni hal etishga ko’maklashadi va b. XSP tarkibi- da 15 xalqaro komissiya, ixtisoslashgan maxsus organlar (xalqaro arbitraj sudi, xalqaro savdo palatalari byurosi va b.) ishlaydi. Idorasi Parijda joylashgan. Aralash S.p. ikki mamlakat ishbilar- monlarini birlashtiradi va mamlakat- lararo savdo sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlar va korxonalar o’rtasida samarali hamkorlikni kengaytirish va b. xizmat ko’rsatadi. Milliy S.p. bir mamlakatda tashki savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tuzil- gan tadbirkorlarning jamoat tashkilo- ti, ba’zan savdosanoat palatasi ham deb yuritiladi. Chet ellarda mamlakat sav- dosanoat ko’rgazmalarini tashkil etish, mamlakatda xorijiy davlatlar savdosa- noat ko’rgazmalarini o’tkazishga yordam berish, yangi iste’mol tovarlarini sano- at o’zlashtirishiga va savdoga chiqarishga yordamlashish, mahsulotlar sifatini eks- pertiza qilish va b. vazifalarni baja- radi. 20-a.ning 90y.laridan ayrim mam- lakatlarda milliy S.p. o’rniga sanoatchi- lar va tadbirkorlar palatasi (Rossiya), Tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkor- lar palatasi (O’zbekistan) kabi tashki- lotlar tuzildi va faoliyat olib boradi. Nuriddin Yo’ldoshev.