Solihbek Oxund

Solihbek Oxund (to’liq ismi Mulla Solih Oxund dodxoh Qozoqboybek Ubaydullabek o’g’li) (1805, Toshkent — 1868, Tomsk, Rossiya) — davlat arbo- bi, ulamo, mudarris, podsho Rossiyasi qo’shinlariga qarshi Toshkent mudofaa- sining rahbari. Otasi — Qozoqboybek Qo’qon xonligining eng nufuzli kishi- laridan biri bo’lgan, unga dodxoh un- voni berilgan; Toshkent sh.da amalga oshiriladigan ishlarda uning maslahati muhim ahamiyat kasb etgan. So. dast- lab Toshkent maktab-madrasalarida, so’ng Buxoroda (1832-42) tahsil olib, Oxund ilmiy unvoniga sazovor bo’lgan. Sheralixon (1832-44) tomonidan yubo- rilgan “muboraknoma”ga muvofiq xon saroyida maslahatchi vazifasini baja- radi, ko’p o’tmay Toshkentga krzi va rais hamda Xoja Axror Valiy, Ko’kaldosh madrasalariga bosh mudarris lavozi- miga tayinlanadi. Xudoyorxon (1862) davrida ham uning mavqei ko’tariladi. Mamaxon taxtga kelgach (1858-62), S.o.ni Qo’qonga chaqirtirib “qozilik va boshqa amallarga” yorliq beradi. Sul- ton Saidxon (1863-65) davrida xam xonning yaqin maslahatchilaridan biri bo’lgan. Alimqul bilan birga va u shahid bo’lgach, yakka o’zi Toshkent mudofaasi- ni boshqaradi. Barcha mablag’ini shahar muhofazasi uchun sarflaydi. General M. Chernyaev bilan o’rtada tuzilgan shartnoma ahdlarini tuzishda faollik ko’rsatgan. Bu shartnoma qabul qilinib, o’rtada “Ahdnoma” bitilgach, kutilmaganda Cher- nyaev shartnomani buzib, o’z xohishiga mos keladigan 2-shartnomani tuzadi. So. Unga imzo chekishdan bosh tortadi. Shu sababli 9 nafar sherigi bilan sudsiz Tomsk sh.ga surgun qilinadi. Toshkent sh.ning 37 na- Far nufuzli kishilari so.ni surgundan qaytarish uchun imperatorga “iltimos- noma” (1867) yuboradilar. Unga qaytish uchun ruxsat berilganligini eshitgan raqiblari odam yollab S.o.ni zaharlab o’ldirganlar. Manbalarda So. Xoja Ahror Valiy madrasasini o’z mablag’i hisobidan tu- zattirgani, Ko’kaldosh madrasasini ham ta’mirlab, 3 oshiyonlik hujralarini ganch suvoq qildirgani ma’lum. So. ula- mo bo’lish bilan birga kuchli tib olimi va qasidanavis shoir ham bo’lgan. Ad.: Ibrat, Farg’ona tarixi, [“Me- ros” kitobida] T., 1991;O’rinboev A., Bo’riev O ., Toshkent Muhammad Solih tavsifida (XIX asr), T., 1983. Sirojiddin Axmedov.