So’roq
So’roq (huquqda) — shaxsdan ko’rsatuv va tushuntiruv olish vositasi. S.ni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror; sud ishlarini yuritish chog’ida esa — sud olib boradi. Tergov yoki sud ishi olib borilayotgan tilni tushunmaydigan shaxs tarjimon ishtirokida S. qilinadi. 16 yoshgacha bo’lgan guvoh va jabrlanuvchini S. qilishda uning ota-onalaridan biri yoki boshqa qonuniy vakili va pedagog ishti- rok etadi. Gumon qilinuvchi va ayblanuv- chi S. qilinganda uning himoyachisi hozir bo’lishi shart. S. vaqtida qiynoqqa so- lish, zo’ravonlik, shafqatsizlik yoki in- son sha’ni va qadrqimmatini kamsituv- chi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etish jinoyat hisoblanadi. S. qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlari tushunti- rilishi shart. Voyaga etgan guvoh va jab- rlanuvchi S.da ataylab yolg’on ko’rsatuv bersa yoki ko’rsatuv berishdan bosh tort- sa, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi. Qonun sud maslahatxonasida muhokama qilingan holatlar to’g’risida — sudya va xalq maslahatchisini, jinoyat ishi bo’yicha — himoyachi va ba’zi shaxslarni S. qilishni taqiqlaydi. Gumon qilinuvchining va ayblanuvchining yaqin qarindoshlari guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o’zlarining roziliklari bilan S qilinishi mumkin. S. qilishning shart- lari va tartiblari O’zbekiston Respu- blikasi JPK ning 96—124moddalarida batafsil belgilangan.