SUYUNCHI2

SUYUNCHI2 — o’rtapishar qovun navi. O’zbekiston sabzavot, Pol iz ekin- lari va kartoshkachilik in-tida sha- karpalak 2580 navini Hindistondan keltirilgan yarim yovvoyi Kutana navi bilan chatishtirish va takroriy chatish- tirish (bekkross) usulida chikarilgan (A.S. Shchukina, R. A. Hakimov, S. T. Pes- Sova, S. Xalilov; 1995). Asosiy poya uz. 1,5—2,5 m, bir tupda 250-300 ta ot- alik, 35-45 ta onalik gullari rivoj- lanadi, 1-3 ta qovun beradi. Qovuni cho’zinchoqtuxumsimon, og’irligi 2,0—2,5 kg. Sirti to’rli, pusti oqishlimonrang, qo’shaloq jimjima yo’l bilan qoplangan, eti qizil, karsildoq, sersuv, shirin, tarkibida 10,6—11,8% gacha kand bor. Urug’i yirik, och sariq. Urug’i unib chiqqanidan keyin 83-87 kunda pishadi. Hosildorligi 200-250 ts/ga. Oqpalak va fuzarioz kasalligiga chidamli. Uzoq ma- sofalarga tashishga yarokli. 2002 y.dan Qoraqalpog’iston, Xorazm, Toshkent, Farg’ona viloyatlarida r-nlashtirilgan.