ZARCHO’VA
ZARCHO’VA (Curcuma) — zanjabildoshlarning oilasiga mansub ko’p yillik o’t o’simlik. 50 dan ortiq turi bor. Ikki turi Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik hududlarida o’sadi. Hindiston, Indoneziya, Xitoyning Janubda ekiladigan (S. Jonga L.) turi ko’proq ahamiyatga ega. Asosan, xushbuy, ildizi tarkibida 1,5—5% efir moyi va zararsiz sariq modda bor. Zarcho’va ildizi kukun holida ishlatiladi, issiq suvda tez eriydi, oziq-ovqatga (palovni tillarang qilishda zirvakka yoki yuvilgan guruchga qo’shiladi). Zarcho’vadan olinadigan sariq bo’yoq loklarga rang berishda ishlatiladi. Ikkinchisining ildizpoyasidan olinadigan achchiq modda likyor tayyorlashda va tibbiyotda qo’llaniladi. Yovvoyi turlarining ildizpoyasidan kraxmal olinadi. Zarcho’va ildizpoyasidan ko’paytiriladi.