Sendberg (Sandburg) Karl

Sendberg (Sandburg) Karl (1878. 6.1, Geylsberg, Illinoys shtati — 1967.22.7, FletRok, Shim. Karolina shta- ti) — amerikalik shoir, folklorchi. Dastlabki to’plami — “Chikago haqida she’rlar” (1916). “G’alla yanchuvchilar” (1918), “tutun va po’lat” (1920) va b. to’plamlarida jiddiy ijtimoiy mu- ammolar ko’tarilgan. S. she’riyati uchun urbanizmga xos obrazlilik, tilining “gazetabopligi”, folklor qo’shiqdariga yaqin bo’lgan erkin she’r yaratish maxrra- ti xarakterlidir (“Amerikacha qo’shiqlar to’plami”, 1927). U. Uitmen an’analari- da yozilgan “xalqmi ha!”dostoni yozuv- chining 20-a. 30y.laridagi keskin ruhiy holatini ifodalaydi. Keyinchalik uning ijodida falsafiy lirika ustun- lik qila boshlaydi (“Asal va tuz”, 1963). “Xotiralar qoyasi” (1948) tarixiy Roma- ni hamda “Avraam Linkoln” tarjimai holi (1—6J.lar, 1926-39) mashhur.