SABOHIDDIN ALI

SABOHIDDIN ALI (1907.7.2, Egridere qishlog’i — 1948.24, Kirklare- li) — turk yozuvchisi. Germaniyada o’qigan (1928 — 30). Nemis tili o’qituvchisi bo’lib ishlagan. Maorif nozirligida, keyinchalik Anqara konservatoriyasida xizmat qilgan. Ijodi 1928 y.dan bosh- langan. She’rlari turk xalq ko’shiqlari ruhida yozilgan bo’lib, ularda muhabbat navolari erksevarlik g’oyalari b-n uyg’un holda ifodalangan. Hikoya, qissa va ro- manlarida esa romantik kayfiyat b-n bir- ga tanqidiy realizmga xos xususiyatlar ustuvorlik qilgan. So’nggi yo’nalishdagi asarlarida Turkiya hayotidagi ziddiyat- lar butun keskinligi b-n ochib tashlan- gan. S.A. turk adabiyotida hikoya janri- ning ustasi sifatida Shuhrat qozongan. “Tog’lar va shamol” (1934) she’rlar to’plami, “tegirmon” (1935), “yangi dunyo” (1943), “oynavand saroy” (1947) hikoya to’plamlari hamda “Kuyujaklik Yusuf” (1937), “ichimizdagi shayton” (1940), “mo’yna libosli xonim” (1943) romanlari muallifi. S.A. ruhan No- zim hikmatga yaqin bo’lib, 1945 y.da taraqqiyparvar nashrlarda hamkorlik qilgan va o’zi ham “Marko Posha” hajviy-siyosiy gaz.ni nashr etgan. Turki- yadan chiqib ketayotgan paytida xoinlarcha o’ldirilgan. S.A.ning ayrim hikoyalari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: kichkina Hasan [hikoyalar], T., 1954; Hikoyalar, T., 1959; vragi [rasska- zi], M., 1971. Ad.: Fish R., Sabaxittin Ali, M., 1959; Kyamilev X.K., Anatoliya glazami Sabaxattina Ali, T., 1965.