Selektsiya ko’chatzori
Selektsiya ko’chatzori – qiyosiy baholash, ko’paytirish va ayrim eng yaxshi o’simliklarning nasllarini tan- lab olish uchun duragaylarning uchinchi va undan keyingi avlodlari ekiladigan maydon. Birinchi, ikkinchi va uchinchi yilgi S.k. bo’ladi. S.k. barcha selektsiya muassasalarida barpo etiladi. Birin- chi yilgi S.k.ga ikkinchi yilgi bio- logik ko’chatzordan tanlab olingan eng yaxshi selektsiya materiali ekiladi. Bu ko’chatzordan ajratib olingan oilalarni ikkinchi yilgi S.k.ga ekiladi. S.k. uchun sog’lom va kasallik yuktirilgan maydon- lar tanlab olinadi. Mazkur ko’chatzorda har bir oila 40-50 uyali qatorga ekila- Di, uyalarda bittadan Nihol qoldiriladi. Qiyosiy baholash uchun har 9 qatordan so’ng standart nav ekiladi. O’suv davrida 3-5 marta dala ko’riklari o’tkaziladi, nihollarning 50% unib chiqishi, gulla- shi va pishishi hisobga olinadi. Mate- rial morfologik va xo’jalik belgilari bo’yicha o’rganiladi, shuningdek, oila- larning pishish muddati, hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi va b. belgi- lariga qarab yaroqsizlari ajratib oli- nadi. So’ngra selektsiya materiali nazorat ko’chatzoriga, navni dastlabki kupayti- rish ko’chatzoriga va st-yadagi nav sinovi dalalariga utkaziladi. Bahodir Normatov.