Siddiq Muhammad – Balx xoni

Siddiq Muhammad – Balx xoni (1683-85). Ashtarxoniylara- Yan. Subhonqulixonnnpg o’g’li. Akasi Abul Mansurxonga qarshi uyushtiril- gan fitnaga bosh bo’lib, taxtni egal- lagan (1683 y. avg.). S. M. ga qarshi bir qancha ko’chmanchi qabilalar (ming, Qo’ng’irot, olchin va b.) sardorlari bosh ko’targanlar. Sm. Shibirg’ondagi ming qabilasi isyonini shafqatsiz suratda bostirgan. Balxga qaytishda Bade miro- xur boshchiligidagi qo’ng’irotlar unga hujum qilishgan, biroq mag’lubiyatga uchrashgan. Sm. o’zi safardaligida Balx viloyatiga bostirib kirgan baet qora To’qsabo boshchiligidagi olchinlarni tor- mor qilib Xo’ja Xayrongacha ularning qishloklarini talontoroj qilgan. 1686 y. okt. — noyab.da Subhonqulixon Balxga qo’shin tortgan. Bunga sabab Xorazmdan Anushaxon Buxoroga qo’shin tortib ke- lib Samarqand va Shaxrisabzni egalla- gan chog’da Subhonqulixon o’g’lidan madad so’ragan. Sm. Balx va Badaxshon qo’shini b-n Kalifgacha kelib, otasiga yordamga ozgina lashkar yuborgan, bu lashkar ham aslida yordam uchun emas, balki vaziyat- ni aniqlash maqsadida yuborilgan edi. Sm., Kalifda bir necha kun turgach, anu- shaxonning Samarqandni olgani va bu- xoroni qamal qilganidan xabar topgach, Balxga qaytib ketgan. Subhonqulixon shunda Maxmudbiy otaliqdan yordam olib Anushaxonni quvib yuborgan (1683). Subhonqulixon qo’shini Kalifdan o’tib Xonobodda to’xtagan. Sm. Balx mudo- faasiga shaylangan. Otasi sm.ni qon to’kmasdan hiyla b-n daf etishga axd qilgan. Shu maqsadda Balxga Muhammad Yusuf Xoja Naqshbandiyni elchi qilib jo’natib, yaxshi niyat b-n kelayotganini bildirgan. Xoja Samandar Termiziy- ning yozishicha, otabola o’rtasida uzoq muzokaralar bo’lgan. Nihoyat Balx arkiga kirgan Subhonqulixon zudlik b-n sm.ni bandi qilish va uni qatl etishga Far- mon bergan. Subhonqulixon Balx taxti- ga Muhammadjon otaliq yuzni belgilab, 1687 i. mart oyining boshlarida Buxoro- ga qaytib kelgan. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982.