Sog’im davri

Sog’im davri — chorva mollari elinida sut hosil bo’lishi, yig’ilishi va vaqtvaqti bilan sog’ib olinishi davomiy- ligi. Asosan, sut sigirlardan, qisman echkilar, sovliqgsar, biyalar va tuyalardan sog’ib olinadi. S.D. hayvon tuqqanidan boshlab, to sutdan chiqqan muddatiga qadar davom etadi. S.D. mahsuldorligi va zotiga qarab sigir va echkilarda 8-10 oy (sigirlarda zootexniya amaliyotida 305 kun qabul qilingan), qo’ylarda 4-5 oy, biyalarda 9 oy va undan ortiq, tuya- larda 10 oyni tashkil etadi.S.D.ning boshlarida sut berishi miqdori ko’proq, oxirrog’ida kamayib boradi. Tug’ishga 1,5— 2 oy qolganda sog’ish to’xtatiladi. S.D.ni uzaytirish uchun mollarni ozik- dantirish va sog’ish rejimiga qatiy amal kilish talab kilinadi.