Sortepa, Sartepa

Sortepa, Sartepa — qadimgi qal’a — qo’rg’on xarobasi (mil. 1-8-a.lar). Andijon viloyati Baliqchi tumani Mar- kazidan 1,5 km Jan.da Krradaryo o’zanida joylashgan. Ilk bor Davan podsholigi paytida paydo bo’lgan, so’ngra kengayib dehqonchilik vog’asining o’ziga xos Mar- kaziga aylangan. Bunga uning qulay Geo- grafik hududda — Qoradaryoning unum- dor o’zanida joylashgani sabab bo’lgan bo’lishi kerak. Hoz. yodgorlikdan Ark kiem va uning yaqinida ikkita mayda tepa saqlanib qolgan. Ark mayd. 1,7 ga bo’lib, undagi madaniy qatlam qalinligi 6,5 m ni tashkil etadi. S. 4 tomondan qalin paxsa devor bilan o’rab olingan. Sharqiy devor tomonda darvoza o’rni ko’rinib tu- radi. Arxeologik qazishmalar natijasi- da uchta kurilish davriga oid me’moriy qoldiqlar va ashyoviy dalillar aniklan- gan. Yodgorlik 8-a. boshlarida arablar is- tilosi paytida buzib yuborilgan.