“Sahihi Termiziy”, “Sunani Termiziy”
“Sahihi Termiziy”, “Sunani Termiziy” — 6 ta ishonchli hadis to’plamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. “alJomi’assaqih” (“Ishonarli to’plam”), “alJomi’ ulkabir” (“katta to’plam”) nomlari b-n ham yuritiladi. “S.T.”Termiziyning 20 y. davomida o’zga yurtlarda hadislarni o’rganib, yig’ib, so’ng ustozi va zamondoshi Buxoriy b-n maslahatlashib yiqqan to’plamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi b-n ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramay- digan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab o’tiladi; fiqhiy masalalarda faqixlarning fikrqarashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik da- rajasi aniqlab beriladi va “sahih” ustiga “Hasan” belgisi (“juda sahih”, “beshak sahih” ma’nosida) kiritiladi. “S.T.”kitobida Imomi A’zam mazhabi jihatlari e’tiborga olingan. 6 jilddan iborat “S.T.”1jildining O’zbekcha tar- jimasi 1999 y. Toshkentda nashr etildi.