Seyfert (Seifert) Yaroslav

Seyfert (Seifert) Yaroslav (1901.23.9, Praga yaqinidagi Jijkov sh. — 1986.10.1) Chex shoiri. 1920 y. “To’qqizlar guruhi” nomli avangardizm kayfiyatidagi adabiy to’garak ochgan. “Po- etizm” uslubi S.ning dastlabki kitobla- rida seziladi (“ko’zlari yoshli shahar”, 1921; “Muhabbatning o’zi”, 1923; “Asal oyi”, 1925; “bulbul yomon kuylayapti”, 1926). Keyinchalik uning asarlari mav- zusi o’zgarib, proletar she’riyatidan che- kingan. 1929 y.da kompartiyadan chiqqan, manifest yozib, unda kompartiyaning tsenzura siyosatini qoralagan, siyosiy nashriyotlar b-n hamkorlikni to’xtatgan va sosialdemokratik partiyaga kirgan. Shundan so’ng siyosatdan tashqaridagi mavzular: umuminsoniy qadriyatlar, muhabbat, bolalik va b. haqida ijod qilgan. 1977 y. yana siyosiy jarayonlarga aralashib, tsenzurani yo’qotish, yozuvchi- larning e’tiqod uchun ta’qib qilinishi, shuningdek, ularni noqonuniy ravish- da qamokxonalarga tashlashni qoralab chiqqan. 1980-83 y.lar S.ning asarlari, asosan, ingliz tiliga tarjima qilinib, Angliya va AQShda tarqatilgan. “Bo- Jena Nemsova elpig’ichi” (1940), “loy- ning dubulg’asi” (1945) va b. to’plamlari Praga qo’zg’oloni, Chexoslovakiyaning FA- shistlar istilosidan ozod qilinishiga bag’ishlangan. Urushdan keyingi asarla- ri — “Mosart Pragada” (1946), “ona- jon” (1954), “bola va yulduzlar” (1956), “Qo’ng’iroklar yasash” (1967) va b. Nobel mukofoti laureati (1984).