SEKRESIYALAR

SEKRESIYALAR (lot. secretio — bu- linish) (geologiyada) — tog’jinslarida- gi bushliklarning kristall va kolloid moddalar b-n to’lishi natijasida hosil bo’ladigan mineral agregatlar. Alohida qavatlari rangi va tarkibiga ko’ra bir- biridan farq kiladi. Odatda, S. uchun mineral moddalarning bo’shliqlar de- vorlaridan markazga tomon kontsentrik kavatlanish ketma-ketligi xos. Bun- da druzalar hosil bo’ladi. Ba’zan S. o’rtasida turli minerallardan hosil bo’lgan kovak qoladi. Diametri 10 mm gacha bo’lgan S. bodomtoshlar, undan kat-talari jeodalar deyiladi. Asosan, S. gidrotermal yoki gipergen jarayonlarda xreil bo’ladi. Sdan ko’pincha muzeylar uchun yuqori baholi kollektsiya sifatida foydalaniladi.