SERPENTINLANISH
SERPENTINLANISH – o’ta asosli tog’jinslarining termal suvli eritma- lar ta’sirida o’zgarishi. Bunda suvsiz magnezial silikatlar o’rnini serpentin guruhiga mansub minerallar egallaydi. S. natijasida serpentinitlar hosil bo’ladi. Tra 400-450° dan 90-100° ga teng bo’lgan oralikda S. hodisasi kuza- tiladi. Metamorfik S. va metasomatic S. farqlanadi. Metamorfik S. ofio- litli chuqur mintaqalar uchun xos bo’lib, regional metamorfizm jarayonlari b-n uzviy bog’liq va u boshqa komponentlar miqdori kam darajada o’zgargan holda jinsda N2O ning ortishi b-n tavsif- lanadi (bu esa jinsning dastlabki hajmining ortib ketishiga olib keladi). Metasomatik S. yuqori kimyoviy agressiv eritmalar b-n bog’liq bo’lib, jinslardan MgO va SiO2 ni (jins hajmining 30% ga yaqini) ajratib chiqaradi, lekin bunda jinslarning dastlabki hajmi saqlanib qoladi. U mahalliy jarayon bo’lib, uncha chuqur bo’lmagan giperbazitlarning in- truzivlari uchun xosdir. S. ko’pgina foy- Dali qazilmalar (xrizotilasbest kon-lari)ni topishda darak beruvchi belgi hisoblanadi.