Sessiya

Sessiya (lot. sessio — yig’ilish) — 1) vakolatli organlar (mas, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat kengashi), sud, ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlarining yig’ilish o’tkazayotgan davri. Vakolatli organlarning sla- ri bir yilda necha marta chaqirilishi qonun b-n belgilanadi. Bundan tashka- ri navbatdan tashqari, favqulodda slar ham chaqirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida “O’zbekiston Respubli- kasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi Konstitusi- yaviy qonunning 10moddasiga ko’ra, Qonunchilik palatasining navbatdagi Slari, krisa tariqasida, sent.ning bi- rinchi ish kunidan boshlab kelgusi yil- ning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi; 2) birjalar faoliyatining tashkiliy shakli. Kun davomida savdo qilish uchun belgilangan qat’iy vaqt birja slari deyiladi. S.lardan oldin yoki keyin tuzilgan savdo bitimlari haqiqiy hisoblanmaydi va ro’yxatdan o’tkazilmaydi. Ushbu qoidani buzgan sav- do qatnashchilariga jarima solinadi.