Senkevich (Sienkiewicz) Genrik
Senkevich (Sienkiewicz) Genrik (1846.5.5, Volyaoksheyska 1916.15.11, Veve, Shveytsariya) — polyak yozuvchisi. Dastlabki asari — “behuda” (qissa, 1872). 1876-78 y.larda “safar”, “qora eskizlar” kabi asarlar yozgan. S. ijodi- da gumanizm yuksak darajaga ko’tarilgan (“Yanko — musikachi”, 1879; “Bartek — g’olib”, 1882). 1882 y.dan S. ijodi- ning 2davriga mansub tarixiyvatanpar- varlik mavzuidagi (“ut va qilich b-n”, 1883-84; “Toshqin”, 1884-86; “Pan Volodievskiy”, 1887-88) romantrilo- giyasida Polshaning Shvesiya, Ukraina va Turkiya b-n tarixiy urushlari dav- ridagi vokealar, takdirlar aks etgan. “Xoch ko’targanlar” (1900) romanepope- yasi tarixiy salib yurishlari mavzuida. S. ijodining cho’qqisi “Kamo gryadeshi” (1896, “kayoqqa ketayapsan?”iborasi- ning lotincha nomi bo’lib, Iso Masihga qarata aytilgan) romanidir. Asarda im- perator Neron davrida endigina yuzaga kelayotgan nasroniylik oqimi taraf- dorlarini qatag’on kilish voqealari tasvirlangan. Psixologik romanlari (“Diniy aqidalarsiz”, 1889— 90), hikoya va qissalari bor. Nobel mukofoti Lau- reati (1905).