Sen-Per va Mikelon

Sen-Per va Mikelon – at- lantika okeanidagi orollar guruhi, ka- Nadaning Sharqiy qirg’oqlari yaqinida, Nyufaundlend o.dan Jan.da. Frantsiya mulki. Umumiy mayd. 242 km2 bo’lgan 8 oroldan iborat. Eng yirik oroli — Mi- kelon, 216 km2. Iklimi mo”tadil okean, nam iqlim; o’rtacha tra yanv.da -6°, iyulda 14°. Yillik yog’in 1000 mm gacha. Iqlimi va toshlokli sertepa relefi q.x.ni ri- vojlantirish uchun noqulay. Aholi, aso- san, baliq ovlash va uni qayta ishlash b-n shug’ullanadi. Darrandachilik fermalari (mo’ynali hayvonlar boqiladi) bor. Chet- ga baliq, baliq mahsulotlari, mo’yna eks- port qilinadi.