Signal

Signal (lot. signum — belgi) — 1) axborot, ma’lumot va b.ni muayyan maso- faga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi. Mexanik, issiqlik, yorug’lik (mas, sfetofor Si), elektr, elektromagnit, tovush va b. turlari bo’ladi. “S.”tushun- chasi kibernetika fanida aniq ifodalab berildi. Shunga ko’ra, aniq bir hodisa to’g’risidagi axborotni eltuvchi S. 4 tar- kibiy qism birligidan iborat. Bular: S.ning fizik vositasi (eltuvchisi), S.ni ifodalash shakli (sintaksis); interpre- tasiya mazmuni (semantika); ayni bir S.ga har xil ma’no berish qoidalari (pragma- tika). S.larni o’zgartirish va uzatishga oid umumiy qonuniyatlarni informasiya nazariyasi o’rganadi; 2) geodeziyaaa Trian- gulyasiya punktlarida o’rganiladigan yogoch yoki metall belgi (minora). Bir minora- dagi S. ikkinchisidan ko’rinib turishi kerak. Joylarda burchak o’lchash payti- da teodolitni o’rnatish va b. geodezik o’lchash ishlari uchun qo’llanadi (yana q. Geodezik punkt).