SIDEROFIL elementlar
SIDEROFIL elementlar (Yun. sideros — temir va phileo — yoqtiraman) — V.M. Goldshmitning elementlar Geo- kimyoviy tasnifidagi kimyoviy element- lar guruhi. Bularga G’e oilasi va jami 11 element (so, Ni, Mo, Ru, Rh, Pd, Rd, Re, Os, Ir va Pt) kiritilgan. Siderofil guruhidan tashqari xalkofil, litofil va atmofil elementlar guruxdari ham ajratilgan. Hoz. vaqgda har bir element nafaqat ma’lum bitta, balki turli da- rajadagi barcha geokimyoviy xususiyat- larga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqib qayd etilgan guruhlar qatoriga biofil, gidrofil, neytral (betaraf) galogenofillari ko’shildi. U yoki bu Geo- kimyoviy xususiyatlarni namoyon bo’lishi elementning qanday tabiiy sharoitdali- giga bog’liqdir. Mac, oltin deyarli bar- cha geokimyoviy xususiyatlarga ega bo’lib qolmay, balki tubdan farqlanuvchi — si- derofildan tortib to atmofil genetic turdagi kontsentrasiyalar (yig’ilmalar, birikmalar) qosil qiladi.