Siyosiy huquq va erkinliklar

Siyosiy huquq va erkinliklar — fuqarolarniig asosiy kon- stitusiyaviy huquqlaridan bir guruhi (fukarolik, shaxsiy huquq va erkinli- klar, iqtisodiy huquq va erkinliklar kabilar b-n bir qatorda). S.h. va e. Fu- karolarga mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida qatnashish imkonini beradi. Bu huquq va erkinliklar jamiyat va davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi, qonunlarga muvofiq, jamoat birlashmalariga uyushish, mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar o’tkazish, ax- borot erkinligi, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, ariza, taklif va Shiko- yatlar berish orqali davlat organlari, muassasalar yoki xalq vakillariga muro- jaat qilish huquqi kabilarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston fuqarolarining S.h va e. i O’zbekiston Respublikasi Konsti- tusiyasida (8bob), “fuqarolarning say- lov huquklari kafolatlari to’g’risida” (1994 y. 5 may). “O’zbekiston Respu- blikasining referendumi to’g’risida” [1991 y. 18 noyab. (2001 y. 30 avg.da yangi tahrirda) qabul qilingan], “siyosiy partiyalar to’g’risida” (1996 y. 26 dek.), “Vijdon erkinligi va diniy tashki- lotlar to’g’risida” [1991 y. 14 iyun (1998 y. 1 mayda yangi tahrirda) qabul qilingan], “kasaba uyushmalari, ular- ning huquklari va faoliyatining kafo- latlari to’g’risida” (1992 y. 2 iyul), “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida” (1991 y. 15 Fev.) kabi bir qancha qonunlar va qonun kuchiga ega bo’lgan hujjatlar b-n belgi- lab qo’yilgan.