Sienit

Sienit (Syene — Siena, qad. Misrdagi Sun sh., hoz. Asvon) — intru- Ziv magmatik tog’jinsi; asosan, ishqorli dala shpatlaridan (60-90%) hamda bir yoki bir necha rangli minerallardan (eng xarakterlisi amfibol, 10-12% gacha) tashkil topgan kvarssiz, butunlay kri- stallangan tog’jinsi. Odatda, kam mik- dorda plagioklaz (oligoklaz, andezin) uchraydi. S.larda ba’zida 5% gacha AK- tsessor minerallar (apatit, sfen, tsir- kon, magnetit) bo’ladi. Ishqorlarning miqdoriga qarab S.lar 3 guruhga — nor- mal va yuqori ishqorli hamda ishqorli S.larga bo’linadi. Strukturasi to’liq kristalli va tekis donali yoki porfir- Simon. Agarda nefelin qatnashsa tog jinsi nefelinli S, kam miqdorda kvars bo’lsa kvarsli S bo’ladi. Ishqoriy dala shpatlariga (ortoklaz va b.) nisbatan plagioklaz miqdori yuqori bo’lgan holda tog’jinsi Sdan sienitdiorit va Monso- nit orqali gabbroga o’tadi (asosli PLA- gioklazga bog’liq). Zichligi 2600-2800 Kt/m3. Rangli minerallarni ortishi b-n normal S melanokratli S.ga va yana shon- kinitga aylanadi. Bezak toshi sifatida va qurilishda ishlatiladi.