SLOVASKIY
SLOVASKIY (Slowacki) Yuliush (1809.4.9, Kremenes, Ternopol viloyati yaqinida — 1849.9.4, Parij; 1927 y.da uning xoki Krakovga ko’chirilgan) — po- Lyak shoiri. Vilnyus un-tini tugatgan (1828). Dastlabki dostonlari (“Gugo”, 1829; “Yan Beleskiy”, 1830 va b.) roman- tik ruxda. 1831 y.dan muhojirlikda yashagan. Yaqin Sharq mamlakatlariga sa- fari taassurotida “Neapoldan muqaddas joylarga sayohat” (tugallanmagan, 1836— 39)ini yozgan. “Angelli” (1838), “Shvey- tsariyada” (1839) kabi poetik asarlari- da xalq qudrati va kelajagiga ishonchi ifodalangan. S. polyak romantik teatri repertuarini yaratgan (“Kordian”, 1834; “Gorshtinskiy”, 1835; “Xayolot”, 1841 vab.). “Benyovskiy” dostoni (tugallanma- gan, 1841) ko’p yillik ijodiy izlanish- larining cho’qqisidir. S.ning falsafiy- tarixiy karashlari uning tugallanmay qolgan “QirolRuh” epopeyasida birmun- cha aks etgan.