Sloven tili
Sloven tili — hindevropa tillari oilasiga mansub slavyan tilla- rining Jan. guruhidagi til; Sloveniya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Sloveniyada, qisman Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriya, Italiya, Avstraliya va AQShda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 2,2 mln. kishidan ortiq. Ko’p lahjali til; uning 49 lahjasi 7 asosiy guruhga Birlashgan. O’ziga xos fonetik xususiyatlarga ega: unlilarning kuchli reduktsiyasi, ba’zi shevalarda o’rta jins (sredniy rod)ning, tonik urg’uning yo’qrlishi, uch turli (kuchsiz, o’rtacha, kuch- li) urg’uning barkarorlashuvi shu jum- ladandir. Morfologiyasi oddiy o’tgan zamon fe’li shaklining yo’qolganligi, ot va fe’llarda ikkilik sonning saqlanganligi va b. b-n ajralib turadi. Adabiy St. 19-a. o’rtalarida to’liq shak- llangan. Yozuvi lotin grafikasiga asos- langan. S.t.dagi dastlabki yozma manbalar 10-a. oxiri —11-a. boshlariga mansub.