Sehrgarlik, jodugarlik

Sehrgarlik, jodugarlik — xalq e’tiqodiga ko’ra, ayrim odamlarning ziyon etkazish yoki undan xalos etish, kasalliklarni tuzatish borasidagi mo”jizaviy qobiliyati. S.ning pay- do bo’lishi ibtidoiy din shakllari — animizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sig’inish va b. bilan bog’liq. Ska ishonish deyarli hamma xalqlarga xos. Etnograf- lar fikricha, ziyon etkazadigan S.ning ijtimoiy asosi qabilalar o’rtasidagi o’zaro dushmanlikdan kelib chiqqan. Boshqa qabila kishisiga kasallik, o’lim tilab afsun o’qish, yovuz ruhlarga e’tiqod qilishning manbalaridan biri bo’lgan. S.ga ishonish buddizm, xristianlik, Islom dinida va b. dinlarda sakdanib qolgan, qisman ular b-n aralashib ket- gan. O’rta asrlarda Evropada xristian cherkovida S — iblis xatti-harakatidir degan qarash mavjud bo’lgan. Cherkov va dunyoviy hokimiyat S.da shubha qilingan barcha kishilarni qattiq ta’qib etgan. Islomda S. b-n shug’ullanish og’ir gunoh hisoblanadi.