Sidiqbekov Tugalboy
Sidiqbekov Tugalboy [1912.1(14).5, Kensu tumani -1998, Bishkek] — Qirg’iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg’iziston Faakad. (1954). Ilk she’rlar to’plami — “kurash” (1933). “Bahodirlar” (1936), “Insonga” (1969), “Dovonda” (1980) she’riy kitoblari, “Kebekning o’limi” (1935), “xasis ota” (1940) dostonlari bor. Romanlarida qishloq hayoti (“Kensu”, 1—2kitob, 1937-38; qayta nashri — “tog’lar ora- sida”, 1958), qirg’iz xalqining front ortidagi qahramonona mehnati (“zamo- namiz kishilari”, 1948) hikoya qilingan. “Ayollar” trilogiyasida (1-2, 1962-66) qirg’iz ayollarining jamiyatda tutgan o’rni va roli, ularning jo’shqin faoli- yati aks etgan. “Bo’ronda”, “Do’stlik”, “Dugonalar” hikoyalar to’plami (1949) va “tog’bolalari” (1953), “tengdoshlar” (1977) romanlari muallifi. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Zamonamiz kishilari, T., 1951; Tog’bolalari, T., 1954; tog’lar orasida, T., 1961; Ispoved Bukentay [roman], M., 1980.