Smetana (Smetana) Bedrjik
Smetana (Smetana) Bedrjik (1824. 2.3, Litomishl — 1884.12.5, Praga) — Chex kompozitori, pianinochi, dirijyor, musika jamoat arbobi. Milliy ope- ra va simfonik musika asoschisi. 1830 y.dan pianinochi sifatida kontsertlar bergan. 1850-70 y.larda dirijyor, peda- Gog, musiqa tanqidchisi. Pragada musiqa maktabi (1849), opera maktabi (1872)ni tashkil etgan. S. milliy ruxda yaratilgan “Brandenburgliklar Chexiyada” (1863), “Dalibor” (1867), “Libushe” (1872) kabi tarixiy va, ayniqsa, shoh asari — “so- tilgan kelin” (1866) hajviy operalari, “Mening Vatanim” simfonik poemalar turkumi va boshqalar b-n Chex musiqasini jahonga tanitgan. “Sotilgan kelin” ope- rasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1952). Chexiyada S. jamiyati (1930 y. dan), Chexiya va Shvesiyada S. muzeylari fao- liyat ko’rsatmoqda. Pragadagi “Musiqa uyi”, kontsert zaliga S. nomi berilgan.