Skreper

Skreper (ing. scrape — qirish) — 1) er qazishtuproq surish mashina- si. Asosyy ish organi — kovsh. Erni katlamqatlam qilib qazish, kovshni tuproqqa to’ldirib belgilangan joyga to’kish, surish va tekislash uchun ishlati- ladi. Traktorga tirkaladigan va o’ziyurar xillari bor. Asosan, yo’l qurilishi va konchilikda ishlatiladi. S. kovshining hajmi 3-25 m3, grunt (tuproq)ni surish (tashish) masofasi 0,1—5 km. Konchilik- da ishlatiladigan S. kovshining tubi va oldi ochiq bo’ladi. S. chig’ir (lebyodka), sim arqon va yo’naltiruvchi roliklar yorda- mida harakatlanib, foydali qazilmani ortiladigan joyga suradi; 2) er sirti- da, er ostida va suv tagida qazish, Su- rish va tekislash ishlarini bajarishda qo’llanadigan sim arqonliskreperli qurilmalarning ish organi — kovshi. S. chig’ir yordamida sim arqonlar va bloklar tizimi orqali harakatlantiriladi.