Sirenlar, dengiz sigirlari

Sirenlar, dengiz sigirlari (Sirenia) — suvda yashaydigan sut emizuvchi hayvonlar turkumi. Gavdasi urchuqsimon, dum suzgi- chi gorizontal joylashgan. Uz. 6 m gacha, og’irligi 400 kg gacha. Oldingi oyoqlari kurak shaklida, orqa oyoqlari bo’lmaydi; boshi kichik, tumshug’i to’mtoq; eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivoj- langan. Burun teshiklarida klapan bor, quloq suprasi va jun qoplami bo’lmaydi. Tishlari reduktsiyaga uchragan; faqat yassi oziq tishlari (2 ta dan 8 ta gacha) rivoj- langan. Ayrim turlarining tishlari bu- tunlay yo’q. Oshkrzoni 2 qismdan iborat. Sut bezlari so’rgichi bir juft. Teri osti yog’qatlami ancha qalin. S. tropik dengiz- larining qirg’oklariga yaqin sero’t joy- larida hamda Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikadagi yirik daryolarda yashay- Di. 2 ta oila (lamantinlar, dyugonlar) ga mansub 4 turi uchraydi. Suv tubidagi o’simliklar b-n oziklanadi. Go’shti, yogi va terisi uchun ovlanadi. Soni kamayib bormoqda. Barcha turlari xalqaro qizil kitobga kiritilgan. 1741 y.da akad. Steller Komandor orollarida S.ning boshka yirik turini topgan. Bu hayvon uning nomi b-n Steller sigiri deb atal- gan. Go’shti va yogi uchun ko’plab ovlanishi tufayli yo’qbo’lib ketgan. Oxirgi stel- ler sigiri 1768 y.da, ya’ni Steller uni topgandan so’ng atigi 27 yil o’tgach, otib o’ldirilgan.