Sinxronizator
Sinxronizator 1) avtomo- billarning uzatmalar qutisida tish- li g’ildiraklar (shesternyalar)ni shovqinsiz va turtkisiz ulash uchun ish- latiladigan qurilma. Ishi tishlashadi- gan detallarning ishqalanishi hisobiga uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val va avtomobilning birlamchi Vali b-n bog’langan tishli g’ildiraklarning bur- chak tezliklarini tenglashtirib turishga asoslangan. S. tishli g’ildiraklarning ishlash muddatini uzaytiradi; 2) ikki- ta sinxron generatorni yoki o’zgaruvchan tokning bir necha elektr tizimini Avto- matik ulash qurilmasi; mashina va mexa- nizmlarning aylanish tezligini. Bloki- rovkalovchi halqa davriy jarayonlarning o’zgarishini, kinofilm yaratishda tas- vir b-n tovushni vaqt jihatdan moslash (sinxronlash) uchun ishlatiladigan ma- shina. Mas, kinoapparat b-n kinoplyon- kaga tasvirni tushirish paytida tovush yozib oluvchi apparat yordamida tovush fo- nogrammaga yozib olinadi va h.k.