Sindikalizm

Sindikalizm (ing. Syndicate — uyushma, birlashma) — 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida ishchilar harakatidagi marksizmleninizm mafkurasiga muxo- lif yo’nalish. S. ijtimoiy inqilobni amalga oshirishda da’vo kilingan sin- fiy kurashdan, ishchilar sinfi dikta- turasidan ko’ra kasaba uyushmalarining “bevosita harakati” — yalpi ish tash- lashlarni afzal deb hisobladi. Bu oqim shu yo’l b-n ishlab chikarish vositalari- ni umumlashtirib ularni i.ch. shirkatla- ri (sindikatlar) ga mulk qilib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. S. o’z dav- rida marksizmleninizm tarafdorlari tomonidan anarxosindikalizm, prudo- nizm, revizionizm singari nomlar b-n qoralangan. Hoz. qator mamlakatlardagi so’l partiya va harakatlarning g’oyalari va mafkuralarida S. ta’siri seziladi.