Sinfdan tashqari ishlar
Sinfdan tashqari ishlar – umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. S.t.i. o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyor- latshda keng imkoniyatlar yaratadi. S.t.i.ga o’quvchilar b-n o’tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg’ulotlar tizimi kira- Di. Bunday mashg’ulotlar pedagogikja- moa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotla- ri rahbarligi va bolalarning o’z-o’zini boshqarish tashkilotlari tomonidan daredan tashqari vaqtda uyushtiriladi. O’quvchilarning S.t.i.ni tashkil etishda o’quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh gabiatshunoslar, yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. S.t.i.ning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (MAK- Tab klublaridagi tadbirlar, kecha, muno- Zara va tanlovlar o’tkazish, viktorina va ko’rgazmalar uyushtirish, tabiat qo’yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), to’garak ishlari (o’quvchilarning turli to’garaklar, sport sektsiyalari, an- sambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishi, kollektsiya to’plashi, texnika, musiqa, tasviriy san’at, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shug’ullanishi)ni ko’rsatish mumkin. Ro’zmon Keldiyorov