Sind

Sind — Pokistonning Jan.Sharqiy qismidagi viloyat. Mayd. 140,9 ming km2. Aholisi 29,9 mln. kishi (1998). Ma’mu- riy markazi — Karochi sh. Er yuzasining aksari qismi tekislik. Iklimi tropic iqlim, yanv.ning urtacha t-rasi 16-17°, iyulniki 29-35°. Yillik yog’in 75-200 mm. Teztez qum buronlari bulib turadi. Eng katta daryosi — Hind. Tuprog’i bo’z tuproq. Katta maydonlar sho’rxoklardan iborat. Chala cho’l va cho’l o’simliklari o’sadi. S. — iqtisodiy jihatdan rivoj- langan viloyat. Mamlakat hududining 18,8%, aholisining 21% dan ziyodi S.ga to’g’ri keladi. Mamlakatning eng Yi- rik iqtisodiy markazi va dengiz porti bo’lgan Karochida umummilliy sanoat i.ch.ning 50% joylashgan. To’qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik va me- tallsozlik korxonalari bor. Metallur- giya k-ti qurilgan. Q.x.da tovar mahsulot ishlab chiqariladi. S.da sholi, bug’doy, shakarqamish, paxta ekiladi. Chorvachi- likda qo’y, echki, tuya, qoramol boqiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Hind Daryo- sida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Karochi (dengiz porti), Haydarobod va Sukkur. Mil. AV. 3ming yillik o’rtasidan mil. AV. 2ming yillik o’rtasigacha S. hududida Xarappa madaniyati ravnaq topgan. S.ning markazi Mohenjodaro bo’lgan. Qadimda va o’rta asrlarda S. iqtisodida dengiz va karvon yo’llari orqali olib borilgan tranzit savdo muhim ahamiyatga ega bo’lgan.