Karimov Turg’un A’zam o’g’li

Karimov Turg’un A’zam o’g’li (1916 — Toshkent — 1969.9.11) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1950). Ashu- la san’ati yo’llarini yu. Rajabiy va A. Haydarovayan o’rgangan. O’zbekiston radioqo’mitasi (1935 — 42 va 1947-53), O’zbek davlat filarmoniyasi (1942-47) hamda O’zbek davlat estradasi (1953— 59)da xonanda. Katta Farg’ona kanali, Farhod GES, Kattaqo’rg’on suv ombori qurilishlarida qatnashgan. Repertua- ridan o’zbek mumtoz va xalq ashulala- ri — “Ushshoq”, “Buxoro irog’i”, “Oh kim, rahm aylamas”, “Oromijon”, “ul parivash” hamda zamonaviy bastakorlar asarlari urin olgan: “Ra’nolanmasun”, “Qadah” (Yu. Rajabiy), “Bormikin” (J. Sultonov), “So’lim” (I. Ikromov), “Qorabayir” (F. Sodiqov), “Ista- dim” (F. Toshmatov) va b. Shuningdek, A. Xay-darov, o. Imomxo’jaevlar b-n hamnafaslikda “Farg’onacha Shahnoz”, “Hanuz”, “Farg’onacha jonon”, “Chaman Yalla”, “O’lmasun” (J. Sultonov) kabi ashulalarni mahorat b-n ijro etgan.