Karaxan Nikolay Grigorevich

Karaxan Nikolay Grigorevich (1900.17.5, tog’li Qorabog’mux- tor viloyati — 1970.18.6, Toshkent) — O’zbekiston xalqrassomi (1950). 1908 y.dan O’zbekistonda. Turkiston o’lka ras- somlik maktabida ta’lim olgan (1918— 21). Toshkent rassomlik bilim yurtida dars bergan (1925-41). K. asarlarida o’zbek xalqining hayoti va mehnatini, ta- biat manzaralarini rangli lavhalarda aks ettirgan: “o’roqchilarning ishdan qaytishi” (1927), “Sirdaryo sohilidagi bozor” (1929), “g’alla o’rimi” (1930), “Buxoroda qurilish” (1933), “ishga ke- tishyapti” (1934), “ovqatlanish mahali” (1935) va b. 30-y.larning oxirlaridan asarlarida respublika manzaralari- ni aks ettira boshladi, kishilarni ham manzaralar fonida tasvirladi (“ayollar g’allazorda”, 1936; “g’alla elayotgan ayol”, 1946; “Nanay yo’li”, 1954; “Oltin kuz”, 1957; “yashnayotgan vodiy”, 1958; “Oltin simfoniya”, 1965; “so’nggi nur”, 1969 va b.). Ko’pgina rassomlar (jumladan, R.Ahmedov, Z.Inog’omov va b.) K.ning sho- girdlaridir. K. asarlari respublika va chet mamlakatlar muzeilari va xususiy to’plamlarda saqlanadi.