Karimov Komiljon Qodirovich

Karimov Komiljon Qodirovich (1944.9.6, Toshkent) — rassom, ganch va naqsh ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). P. Ben- kov nomidagi Respublika rassomlik bi- lim yurti (1967) va Toshkent to’qimachilik va engil sanoat inti (1973)ni tugat- gan. 1967 y.dan “Sharq guli” f-kasida naqqosh, 1974 y.dan Toshkent kulolchilik z-dida naqqoshlar brigadasi boshlig’i, 1987 y.dan “Usto” birlashmasida ras- som. K. an’anaviy uslubda bezagan jamo- at binolari, majmualarda ganch va yog’och o’ymakorligini uyg’unlashtirib ajoyib go’zallik va joziba yaratdi, milliy an’- analarni turfa xil yangi shakllar b-n boyitdi: Toshkent tsirki (1974), xalqlar do’stligi saroyi, Toshkent metropoli- tenining “xalqlar do’stligi bekati” (1976), Leypsig sh. (Germaniya)dagi “uz- bekistan” choyxonasi va b. ni an’anaviy naqshlar b-n jozibali bezagan, me’mo- riy yodgorliklar (jumladan, Baroqxon me’moriy majmuasi, 1974 va b.)ni ta’- mirlashda ustalar guruhiga boshchilik qilgan.