Karpini Jovanni da Plano
Karpini Jovanni da Plano (1182-1252) — italiyalik sayyoh va rohib. Mo’g’ullarning g’arbga qilgan is- tilosidan so’ng Rim papasi Innokentiy IV tomonidan (1245 y.gi Lion sobori topshirig’iga ko’ra), josuslik maqsadida yuborilgan elchilarga bosh bo’lgan (1245— 47). Liondan safarga chiqib, Jan.Ros- siya, Xorazm, Ettisuv, Tarbag’atoy orqali qoon o’rdasiga, Qoraqurumga kelgan. Bu erda u mo’g’ul zodagonlarining buyuk qoon saylash marosimi — qurultoyida qatnashadi va O’qtoyxonning o’g’li Gu- yukxonnm taxtga o’tirish marosimida qatnashgan. K. vataniga qaytayotganda Botuxon qabulida bo’lgan, 1247 y. Gu- yukxon xati b-n qaytib kelgan. Safar hisobotini “Libellus historicus” asarida bayon etib, unda K. ko’rgan joylari, xusu- san, Movarounnahrning geog.si, xalqlari haqida ma’lumotlar to’plagan. Xorazm, Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Tyanshan tog’lari haqida umumiy tushunchalar ber- gan. Evropaliklar Sharq madaniyatiga oid ma’lumotlarni birinchi marta K. asarlaridan olgan.