Karrali nisbatlar qonuni

Karrali nisbatlar qonuni -kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Ikki element o’zaro birikib, bir birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir necha elementning massa miqdoriga to’g’ri keladigan ikkinchi element miqdori o’zaro oddiy karrali sonlar nisbatida bo’ladi; masalan, metan (SN4) tarkibida 75% uglerod va 25% vodorod bo’lib, unda 1 massa qism vodorodga 3 massa qism uglerod to’g’ri keladi, ya’ni 3:1. Etilen (S2N4) tarkibida esa 85,71% uglerod va 14,29% vodorod bor; bu moddada 1 massa qism vodorodga 6 massa qism uglerod to’g’ri keladi, ya’ni 6:1. Demak, bu birikmalardagi uglerod mikdorining vodorod miqdoriga nisbati 3:6 yoki 1:2 ga to’g’ri keladi. Bu qonunni 1803 yilda ingliz kimyogari va fizigi J.Dalton aniqlagan.