1-yanvar
Ingliz gazetasi ,, The Times ” chop etila boshlagan kun.
Buyuk Britaniyada ilk nafaqa toʻlovlari amalga oshirilgan kun(1909).
EURO muomalaga chiqarilgan kun
Euro – Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati a’zolari (Avstriya, Belgiya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya va Fransiya, … )ning pul birligi.
Kamerun davlati mustaqilligi kuni
Kamerun Respublikasi (inglizcha Republic of Cameroon, fransuzcha Republique of Cameroun) – Markaziy Afrikadagi davlat. G’arbda Atlantika okeanining Biafra qo’ltig’i bilan tutashgan. Maydoni 475,4 ming km², aholisi 29 mln kishi (2023). Poytaxti – Yaunde shahri. Ma’muriy jihatdan 10 viloyat (province)ga bo’linadi.
“Sport” telekanali faoliyat ko‘rsata boshlagan kun
O’zbekiston teleradiokompaniyasida 2004-yil 1-yanvardan “Sport” telekanali faoliyat ko’rsata boshladi, sport bosma nashrlari soni oshdi, sifati yaxshilandi.
Bugun 1-yanvar 2024-yil, dushanba.
? BAYRAMLAR:
? Yangi yil kuni.
? Butunjahon tinchlik kuni.
? Jamoat boyligi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Yevropa Ittifoqi – Yevro kuni.
?? AQSh – Xalqaro oila kuni.
?? AQSh – Ellis oroli kuni.
?? Litva – Bayroq kuni.
?? Iroq – Suverenitet kuni.
?? Tayvan – Milliy bayram kuni.
?? Sudan – Mustaqillik kuni.
?? Kamerun – Mustaqillik kuni.
?? Gaiti – Mustaqillik kuni.
?? Kuba – Ozodlik kuni.
?? Slovakiya – Slovakiya Respublikasi tashkil topgan kun.
?? Chexiya – Mustaqil chex davlatining tiklanish kuni.
? VOQEALAR:
- mil. av. 153 – Qadimgi Rimda yillik konsullikning boshlanishi 1-yanvarga koʻchirildi.
- mil. av. 45 – Yuliy taqvimi
birinchi marta kuchga kirdi.
-1622 – Papalik devonxonasi yilni 1-yanvardan boshlashga qaror qildi. - 1751 – Denis Diderot va Jean le Rond d’Alembertlarning mashhur ensiklopediyasining birinchi tomi chop etildi.
- 1785 – Eng eski kunlik London gazetasi „The Daily Universal Register“ning birinchi soni chiqdi (Nomi 1788-yil 1-yanvarda „The Times“ga oʻzgardi).
- 1793 – Buyuk Fransuz Inqilobi davrida Konvent dekretiga muvofiq „Milliy qoʻriqlash qoʻmitasi“ tuzildi.
-1801 – Palermolik astronom Giuseppe Piazzi ilk asteroid – Sererani kashf qildi. Hozirda Serera asteroid deb hisoblanmaydi. - 1801 – Irlandiyada navbatdagi qoʻzgʻolondan soʻng irland parlamenti bekor qilindi.
-1804 – Gaitining mustaqilligi eʼlon qilindi. - 1806 – Fransiyada respublika taqvimining ishlatilishi toʻxtatildi.
- 1813 – rus armiyasining yurishi boshlandi.
- 1863 – Avraaam Linkoln qullarni ozod etish haqidagi manifestni nashr qildi.
-1886 – Angliya Birmani bosib oldi. - 1887 – Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya Hindiston imperatori deb eʼlon qilindi.
- 1887 – Sherlok Holms toʻgʻrisidagi birinchi kitob – “Qizil rangli etyud” chop etildi.
- 1909 – Buyuk Britaniyada ilk nafaqa toʻlovlari amalga oshirildi.
- 1912 – Nankinda Xitoy respublikasining eʼlon qilinishi.
- 1919 – Belorussiya SSRining tashkil topishi.
- 1925 – Norvegiya poytaxti Xristianiya nomini Osloga oʻzgartirdi.
- 1934 – Alkatras rasman AQShning federal qamoqxonasiga aylandi.
- 1935 – Turkiyada unvonlar bekor etilib, familiyalar kiritildi.
- 1942 – 26 davlat Vashington Deklaratsiyasini imzolab, antigitler koalitsiyasini tuzishdi.
- 1946 – Yaponiya imperatori Xirohito oʻzining ilohiy statusidan voz kechdi.
- 1947 – Cherchill SSSRning temir pardasi haqida Fulton nutqini soʻzlaydi.
- 1949 – Hindiston va Pokiston o’rtasida urushni to’xtatish to’g’risida bitim tuzildi.
- 1956 – Sudan Misr va Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
- 1958 – Yevropa iqtisodiy ittifoqi oʻz ishini boshladi.
- 1959 – Kubada F. Batista hukumati ag’darilib, hokimyat Fidel Kastro qo’liga o’tdi
- 1973 – Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya Yevropa ittifoqiga qoʻshildilar.
- 1983 – ARPANET asosiy protokolini NCPdan TCP/IPga oʻzgartirdi, buning natijasida zamonaviy internet kelib chiqdi.
-1984 – Bruney mustaqillikka ega boʻldi. - 1991 – “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetasining 1-soni chiqdi.
- 1992 – Serbiya va Xorvatiya BMT qoʻshinlarini mintaqada joylashtirilishiga rozi boʻladilar.
- 1993 – Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiyaga boʻlinib ketdi.
- 1995 – O‘zbekistonda yangi pasport joriy etildi.
- 1995 – Avstriya, Finlandiya va Shvetsiya Yevropa ittpifoqiga qoʻshiladilar. Ittifoqqa a’zo davlatlar soni 15 taga yetdi. Shengen shartnomasi hayotga joriy etildi.
- 1998 – O‘zbekistonda “Soliq kodeksi” amalga kiritildi.
- 1999 – Yevro naqd boʻlmagan toʻlovlar uchun muomalaga kiritildi.
- 2002 – Yevro naqd toʻlovlar uchun muomalaga kiritildi.
- 2004 – Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) faoliyat yurita boshladi.
-2007 – Bolgariya va Ruminiya Yevropa ittifoqiga qoʻshildilar. - 2007 – Sloveniya yevro zonaga kirdi.
- 2007 – Pan Gi Mun BMTning 8-bosh kotibiga aylandi.
- 2008 – O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilindi.
- 2009 – Slovakiya yevro zonaga kirdi.
- 2011 – Estoniya yevro zonaga kirdi.
- 2017 – Antonu Guterresh BMT Bosh kotibi lavozimiga kirishdi.
✨Bugungi sanada tug‘ilganlar:
- 1431 – Alexander VI (Rodrigo Borjia) – Rim Papasi (1492-1503).
- 1449 – Lorenso de Medichi (1492) – Florensiya hukmdori, rassomlar va adiblar homiysi.
- 1467 – Zygmunt I Stariy (1548) – Litva biyuk knyazi, Polsha qiroli.
- 1484 – Ulrich Zwingli (1531) – Shveysariya Reformatsiyasining faoli, svinglianchilikning asoschisi.
- 1557 – Ishtvan Bochkai (1606) – Transilvaniya knyazi.
- 1618 – Bartolomé Esteban Murillo (1682) – ispan musavviri.
- 1714 – Kristionas Donelaytis (1780) – Litva badiiy adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, lyuteran pastori.
- 1767 – Mariya Edjeuort (1849) – irland yozuvchisi, bolalar uchun didaktik hikoyalarning muallifi.
- 1819 – Artur Xyu Klaf (1861) – ingliz shoiri.
- 1823 – Shandor Petyofi (1849) – venger shoiri.
- 1854 – James George Frazer (1941) – ingliz olimi, din tarixining tadqiqotchisi.
- 1863 – Pyer de Kubertin (1937) – baron, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi.
- 1863 – Rudolf Blaumanis (1908) – latish yozuvchisi.
- 1864 – Alfred Stiglits (1946) – amerikalik fotograf.
- 1879 – Edvard Morgan Forster – ingliz yozuvchisi.
- 1895 – Edgar Guver (1972) – amerikalik kriminalchi, advokat, siyosiy arbob, FBI asoschisi.
- 1898 – Viktor Ulmann (1944) – chex bastakori, dirijyor.
- 1900 – Hikmat Latipov – Taniqli teatr va kino, aktyori, “O’zbekiston xalq artisti” (1950).
- 1902 – Muzaffar Muhamedov
(1995) – O’zbek milliy teatrining tashkilotchilaridan biri, iste’dodli rejissor “O’zbekiston xalq artisti” (1959). - 1910 – Narimonov Hamidulla (1982) – O‘zbekiston xalq artisti (1967).
- 1910 – Sodiqov Zohid (1962) – O‘zbekiston xalq artisti (1950).
- 1918 – Ahmedov Murodjon (1988) – aktyor va xonanda (dramatik bariton), O’zbekiston xalq artisti (1967).
- 1921 – Muhammadjonov Zikir – O‘zbekiston xalq artisti (1962), O‘zbekiston Qahramoni (2003).
- 1931 – Boymatov Abdumo’min – haykaltarosh, O’zbekiston xalq rassomi (1989).
- 1933 – Mambetova Suluvxon – qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi, Qoraqalpog‘iston (1963), O‘zbekiston (1969) xalq artisti.
- 1936 – Klod Ajej – fransuz lingvisti, sharqshunos.
- 1939 – Tursunboy Adashboyev – O’zbekiston xalq yozuvchisi.
- 1942 – Alassan Uattara – Kot-d‘Ivuarning 5-prezidenti (2011-yildan).
- 1944 – Muhammad Abdul Hamid – bangladeshlik davlat va siyosat arbobi, Bangladesh prezidenti (2013-yildan).
- 1948 – Mannopov Sultonali – xonanda, dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1999).
- 1956 – Kristian Lagard – Xalqaro valyuta fondining direktori.
- 1986 – Kolin Morgan – Shimoliy irlandiyalik aktyor, “Afsungar” serialida Merlin roli bilan mashhur.
- 1987 – Meril Devis – amerikalik figurali uchish ustasi, olimpiya (2004) va jahon (2011, 2013) chempioni.
- 1995 – Serdar Azmun – asli turkmanistonlik bo‘lgan eronlik futbolchi.