Kimono
Kimono — yapon erkak va ayolla- rining an’anaviy kiyimi; o’zbek to’niga o’xshash bari ustma-ust (chapi o’ngi usti- ga) o’tkaziladi va belbog’ (“obi”) b-n mahkamlanadi. Keng englari (“sode”) quyida solqilanadi. Ayollar K.si belbog’ining o’ta kengligi va qo’ltiq o’mizining o’yig’i kabi ichki qirg’oqlari tikilmaydigan uzun englari b-n ajralib turadi. Ishlatiladigan matosi va bichi- miga ko’ra, K. to’ngi, uylik, kundalik, ki- shilik va marosim turlariga bo’linadi.