Kimvrlar
Kimvrlar — german qabilalari. Yutlandiya yarim orolda yashagan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxirida tevtonlar bilan birgalikda Janub tomon yurib Rim Respublikasi hududiga bostirib kirgan; miloddan avvalgi 101 yilda Versella (hozirgi Verchelli) bo’sag’asida G. Mariy tomonidan tor-mor etilgan. Kimvrlar «podshosi» Boyoriks halok bo’lgan. Kimvrlar va tevtonlarning bu bosqini qadimgi germanlar tomonidan Rimga qilingan bosqin edi.
O‘xshash so‘zlar
- Kimxob
- Kimyo sanoati
- Kimyo, ximiya
- Kimyoterapiya
- Kimyoviy belgilar
- Kimyoviy birikma
- Kimyoviy bog’
- Kimyoviy ekvivalent











